Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda avtomobilning haqiqiy yurgan masofasini (odometr ko‘rsatkichlarini) o‘zgartirish yoki almashtirish, agar bu haqda xaridorga oldindan xabar berilmagan bo‘lsa, endi alohida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi 178-2-moddasiga ko‘ra, bunday qilmish uchun 10 dan 15 BHV gacha (4,12 million so‘mdan 6,18 million so‘mgacha) miqdorda jarima solinadi. Ushbu norma ikkilamchi avtomobil bozorida firibgarlikning oldini olishga qaratilgan.

Senatning sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisi Abdulhakim Eshmurodovning ta’kidlashicha, bu qoida avtomobil bozoridagi firibgarlik harakatlarini cheklash, sotishdagi suiiste’molliklarni bartaraf etish va iste’molchilarning ishonchli ma’lumot olish huquqini kafolatlashga xizmat qiladi.

Source: kun.uz