O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 23-26 may kunlari ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Dastlabki kunlarda yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilsa, hafta oxiriga kelib havo isib, haqiqiy yozgi issiqlik o‘rnatiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 23-25 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 may kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan sharqqa 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bo‘lishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +13…+20°, kunduzi +25…+33° gacha.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 23-24 may kuni yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 25-26 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +15…+20°, kunduzi 23 mayda +22…+27°, 24-26 mayda +28…+33° gacha ko‘tariladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 23-24 may kuni yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli va momaqaldiroq bo‘ladi. 25-26 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan sharqqa 7-12 m/s. Harorat kechasi +15…+20°, kunduzi 23-24 mayda +22…+27°, 25-26 mayda +27…+32° gacha.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 23-24 may kuni yomg‘ir, 23 mayda ayrim joylarda kuchli va momaqaldiroq bo‘ladi. 25-26 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s, 23 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15…+23°, kunduzi 23 mayda +26…+31°, 24-26 mayda +33…+38° gacha isiydi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 23-25 may kunlari yomg‘ir, 24 mayda ayrim joylarda kuchli va momaqaldiroq bo‘ladi. 26 may kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s, 23-24 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +13…+20°, kunduzi 23-24 mayda +23…+28°, 25-26 mayda +27…+32° gacha.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 23-25 may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘ladi. 23-24 mayda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s, 23-24 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +8…+13°, kunduzi 23-24 mayda +13…+18°, 25-26 mayda +18…+23° gacha.
Source: kun.uz