Xorazm viloyatining Hazorasp va Yangibozor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ruslan Jumaniyazov Hazorasp tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Yangibozor tumani hokimi sifatida faoliyat yuritgan.
Yangibozor tumani hokimi lavozimiga esa Alisher Masharipov tayinlandi. U tayinlovga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Source: www.gazeta.uz