Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Namangan viloyatida favqulodda vaziyat yuz berdi. Uychin tumanidagi “Muborak” mahallasida bir yoshli bola kattalar nazoratisiz qolib, ko‘cha hojatxonasining chuquriga tushib ketdi.

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar voqea joyiga tezda yetib kelgan. Ulardan biri chuqurga tushib, bolani olib chiqqan. Shifokorlar jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatgan va keyin uni oilasiga topshirgan.

Hozirda bolaning ahvoli yaxshi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ota-onalarni kichik yoshdagi bolalarni nazoratsiz qoldirmaslikka chaqiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV qutqaruvchilari tog‘larda adashib qolgan to‘rt yoshli bolani uzoq qidiruvlardan so‘ng tirik holda topgan edi.

Source: podrobno.uz