O‘zbekiston rasman Yangi taraqqiyot banki (NDB) bitimiga qo‘shildi. Bu mamlakat uchun infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritish va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashda yangi imkoniyatlar ochadi.
Qabul qilingan qonunga ko‘ra, respublika 2014-yil 15-iyulda Fortalezada imzolangan bitimga qo‘shildi. Bankning asosiy maqsadi transport, energetika va suv ta’minoti sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish orqali a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlashdir.
Yangi taraqqiyot banki a’zolari qatoriga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi, shuningdek, BAA, Bangladesh, Misr va Jazoir kiradi. Urugvay, Kolumbiya va Efiopiya kabi bir qator davlatlar a’zolik bosqichida.
Bank “yashil” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish, shuningdek, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashishga yo‘naltirilgan.
Avvalroq, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi xorijiy investorlar kengashining to‘liq a’zosiga aylangan Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) o‘zining yangi maqomi doirasida amaliy qadamlarni amalga oshirishga tayyorlanayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Source: podrobno.uz