Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent xalqaro aeroportida “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona postida O‘zbekistondan madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqishga urinishning oldi olindi.

Bojxona nazorati vaqtida Bakuga uchayotgan O‘zbekiston fuqarosining qo‘l yukida 24 ta oltin tanga topildi, ular tegishli tarzda deklaratsiya qilinmagan edi.

Topilmaning tarixiy-madaniy qiymatini aniqlash uchun O‘zbekiston Madaniy meros agentligiga ekspertizaga yuborildi. Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, 1897–1911 yillarda zarb qilingan tangalar madaniy boyliklar toifasiga kiradi va tarixiy ahamiyatga ega.

Dastlabki bahoga ko‘ra, ularning qiymati taxminan 219 million so‘mni tashkil etadi. Ekspertlar musodara qilingan buyumlarni O‘zbekiston Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga topshirishni tavsiya qildi.

Qayd etilishicha, mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, 50 yildan ortiq vaqt oldin yaratilgan madaniy boyliklarni respublikadan olib chiqish taqiqlangan. Ushbu fakt bo‘yicha protsessual harakatlar olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoning Muborak tumanida bir erkak Nikolay II davriga oid 10 ta oltin tangani 71 million so‘mga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingandi.

Source: podrobno.uz