Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston hukumati xorijiy fuqarolar uchun maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Ushbu rejim xorijda olingan daromadlarni shaxsiy daromad solig‘idan ozod qilish imkonini beradi.

Maxsus soliq rejimini olish uchun xorijiy fuqaro Yagona portal (my.gov.uz), Elektron soliq xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza topshirishi kerak. Arizaga xorijiy pasport nusxasi va O‘zbekistonda bo‘lish muddatini tasdiqlovchi hujjat (viza yoki boshqa hujjat) ilova qilinadi.

Soliq qo‘mitasi arizani ko‘rib chiqish uchun komissiya tashkil etadi va 1 ish kuni ichida xorijiy fuqaroga xabarnoma yuboradi. Ijobiy xulosa olgan xorijiy fuqaro bank hisob raqami yoki kripto-hamyon ochadi va 50 ming AQSh dollari miqdorida maxsus yig‘im to‘laydi.

Maxsus soliq rejimi talablarni bajargan xorijiy fuqarolarga va ularning voyaga yetgan yaqin qarindoshlariga arizada ko‘rsatilgan soliq davri uchun, lekin 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Rejim xorijiy fuqarolarning O‘zbekistondan tashqarida olgan daromadlarini shaxsiy daromad solig‘idan ozod qiladi.

Source: kun.uz