Toshkentda, 27-may kuni, poytaxt transporti hayit namoziga boruvchilar uchun qulay bo‘lishi maqsadida o‘zgartiriladi. Shahar transporti ertalab soat 4 dan boshlab harakatlana boshlaydi.
Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, poytaxt aholisiga yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash uchun jamoat transportidan foydalanish tavsiya etiladi.
Avvalroq, bayram kunlarida O‘zbekistonda hududlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilingan edi. Mavjud kundalik yo‘nalishlardan tashqari, mamlakat hududlariga yana 23 ta yo‘nalish tashkil etilgan.
Source: podrobno.uz