Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, 27-may, chorshanba kuni Qurbon Hayit bayrami munosabati bilan poytaxtda avtobus yo‘nalishlari va metro ertalab soat 4:00 dan ish boshlaydi.

Bu qaror fuqarolarga qulaylik yaratish va bayram namoziga borishda transport muammolarini kamaytirish maqsadida qabul qilingan.

Yo‘l tiqilinchlari va harakat xavfsizligini ta’minlash uchun fuqarolarga bayram namoziga jamoat transportidan foydalanish tavsiya etiladi.

Avvalroq Qurbon Hayit munosabati bilan Toshkentdan viloyatlarga qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani xabar qilingan edi. 25-31 may kunlari Uzbekistan Airways, Silk Avia va Centrum Air aviakompaniyalari Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch va Nukusga 28 ta qo‘shimcha reys amalga oshiradi. Taxminan 9 ming yo‘lovchi tashilishi rejalashtirilgan.

Source: kun.uz