Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, 2026-yil 27-may, chorshanba kuni Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent shahridagi jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi.

Vazirlik bu qaror fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida qabul qilinganini bildirdi. Ayniqsa, hayit namoziga boruvchilar uchun erta qatnov yo‘lga qo‘yilmoqda.

Yo‘llarda tirbandliklarning oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida fuqarolardan Qurbon hayiti namoziga tashrif buyurishda jamoat transportidan foydalanish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, Qurbon hayiti namozi Toshkent shahrida soat 05:15 da boshlanadi. Hududlardagi vaqt bilan esa maxsus havola orqali tanishish mumkin.

Source: www.gazeta.uz