Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentda ko‘chmas mulk sotib olishda firibgarlik holati qayd etildi. Jabrlanuvchi notariusda rasmiylashtirilmagan oldi-sotdi shartnomasi tufayli katta miqdordagi pulidan ayrildi.

Huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, 37 yoshli erkak e’lon orqali uy sotib olmoqchi bo‘lgan. Muzokaralar natijasida tomonlar 55 ming dollar narxga kelishgan. Sotuvchining iltimosiga ko‘ra, xaridor unga 20 ming dollar avans to‘lagan va qolgan qismini hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin berishni rejalashtirgan.

Biroq belgilangan kunda 66 yoshli sotuvchi notariusga kelmagan. Keyinchalik u turli bahonalar bilan uchrashuvlarni kechiktirib, majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlagan. Aldanganini tushungan xaridor huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilgan.

Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan firibgarlik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qilish organlari fuqarolarni ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarda ehtiyot bo‘lishga va barcha moliyaviy operatsiyalarni notarius orqali rasmiylashtirishga chaqiradi.

Eslatib o‘tamiz, 1 apreldan boshlab O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va avtotransport bilan yirik bitimlar faqat naqd pulsiz shaklda, eskrou-hisoblar orqali amalga oshiriladi.

Source: podrobno.uz