Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar-mart oylarida 70 yoshdan oshgan otalardan 14 nafar bola tug‘ilgani qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Umuman, ushbu davrda respublikada 191 086 tirik tug‘ilish ro‘yxatga olingan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 16 398 nafari 25 yoshgacha bo‘lgan otalardan dunyoga kelgan.

Eng katta ulush – 158 984 tug‘ilish – 25-39 yoshdagi otalarga to‘g‘ri keladi. 40-59 yoshdagi otalardan 15 542 nafar bola tug‘ilgan. 60 yosh va undan katta yoshdagi erkaklardan esa 162 nafar bola tug‘ilgan, shundan 14 nafari 70 yoshdan oshgan otalardir.

Source: kun.uz