️ Prezident Shavkat Mirziyoyev transport infratuzilmasini rivojlantirishga doir taqdimot bilan tanishdi. Tadbirda fuqarolik aviatsiyasi korxonalarini yonilg‘i bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi.
️ Taqdimotda ma’lum qilinishicha, mamlakat aeroportlaridagi yonilg‘i ta’minoti komplekslarining umumiy hajmi hozirda 49 ming tonnani tashkil etadi. 2030-yilgacha aviatsiya yonilg‘isini ishlab chiqarish hajmini yiliga 600 ming tonnaga, uni saqlash quvvatini esa 80 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.
️ Bu maqsadlarga erishish uchun Navoiy, Andijon, Buxoro, Urganch xalqaro aeroportlari hamda Yangi Toshkent xalqaro aeroportida yangi yonilg‘i omborlari qurish ko‘zda tutilmoqda.
️ Taqdimotda yonilg‘ini saqlash va samolyotlarga quyish jarayonlarini bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
️ Davlat rahbari joriy yilning o‘zida aeroportlardagi yonilg‘i ta’minoti komplekslarini boshqarish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, ular faoliyatida texnologik talablarga rioya etilishini davlat tomonidan tizimli nazorat qilish joriy etilishi belgilandi.
Source: www.gazeta.uz