Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentda 16-18 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan beshinchi Xalqaro investitsiya forumi munosabati bilan poytaxtning ayrim ko‘chalarida vaqtincha transport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, cheklovlar quyidagi uchastkalarda amal qiladi: Islom Karimov ko‘chasi – Sharof Rashidov va Furqat ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qism; Yangi O‘zbekiston ko‘chasi – Maxtumquli, Temur Malik va Yangi O‘zbekiston ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prikdan Istiqlol ko‘chasi kesishmasigacha; Islom sivilizatsiyasi markaziga tutash hudud – Sharof Rashidov va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasidan Abdulla Qodiriy va Qorasoy ko‘chalari orqali Qorasoy va Nurafshon ko‘chalari kesishmasigacha.

Yo‘l harakati qatnashchilari uchun aylanma yo‘nalishlar tashkil etiladi. Istisno tariqasida, tez yordam va maxsus xizmat transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Forum kunlarida Toshkentga yuk avtomobillarining kirishi taqiqlanadi. Ular Toshkent viloyatining aylanma yo‘llari orqali harakatlanadi.

Fuqarolar vaqtinchalik noqulayliklarni tushunish bilan qabul qilishga, jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi xodimlar talablariga rioya qilishga, shuningdek, o‘z yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishga chaqiriladi.

Source: uznews.uz