Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

21-iyun kuni soat 21:00 atrofida Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 38-marshrutli avtobus Janubiy vokzal yo‘nalishida harakatlanayotganda 2000-yilda tug‘ilgan piyoda A. A.ni urib ketdi.

Qayd etilishicha, fuqaro yo‘lning harakat qismini svetoforning taqiqlovchi signalida kesib o‘tgan.

«Toshshahartransxizmat» AJ xabariga ko‘ra, avtobus haydovchisi Z. D. katta ish tajribasiga ega. Uning umumiy mehnat staji 18 yilni tashkil etadi, shundan 12 yil avtobus parkida ishlagan.

Hodisadan so‘ng haydovchi tez yordam chaqirgan. Jabrlangan shaxs Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazilgan.

Yo‘l-transport hodisasi yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

Source: uznews.uz