Davlat soliq qo'mitasi raisining tegishli buyrug'iga asosan, tizimda navbatdagi kadr o'zgarishlari ro'y berdi.
Xususan, Xabibulla Tojiyevich Inomov Toshkent shahrining Olmazor tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i etib tayinlandi.
Laziz Rustamovich Nosirov Toshkent shahrining Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Xamdam Xakimboyevich Rajabov Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i etib belgilandi.
Jamshid Ashurovich Ergashev Toshkent shahrining Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Source: uznews.uz