Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

29-iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan ilk bor “Monetary Policy Dialogue — 2026” xalqaro forumi tashkil etildi. Tadbirda markaziy banklar rahbarlari, xalqaro moliya institutlari vakillari va iqtisodchi olimlar ishtirok etdi.

Forumda global iqtisodiy noaniqlik, jahon iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar va raqamli transformatsiya sharoitida markaziy banklar siyosati muhokama qilindi. Asosiy e’tibor inflyatsion targetlash rejimi, narxlar barqarorligi, inflyatsion kutilmalar va kommunikatsiya masalalariga qaratildi.

Jeneva oliy tadqiqot instituti professori Sedrik Till jahon iqtisodiyotidagi vaziyatni “noaniqlik, chidamlilik va notekislik” deb ta’rifladi. U markaziy banklar mustaqilligi, ssenariylar bilan ishlash va kommunikatsiyaning ahamiyatini ta’kidladi.

MIT Sloan School of Management professori, Kipr Markaziy bankining sobiq rahbari Atanasios Orfanidis inflyatsion targetlash rejimining afzalliklarini bayon qildi. U O‘zbekiston misolida 5 foizlik inflyatsiya maqsadi va markaziy bank mustaqilligi muhimligini qayd etdi.

XVJ boshqaruvchi direktori Bo Li inflyatsion kutilmalarning barqarorligi va markaziy bankka ishonch masalalariga to‘xtaldi. U rivojlanayotgan mamlakatlarga inflyatsion bosim yuzaga kelganda zudlik bilan chora ko‘rishni tavsiya qildi.

Source: www.gazeta.uz