Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi sportchilar va murabbiylar uchun antidoping qoidalariga rioya qilish va taqiqlangan moddalardan foydalanish bo‘yicha kechayu-kunduz konsultatsiya xizmatini yo‘lga qo‘ydi.

Xizmat 24/7 rejimida ishlaydi. Mutaxassislar doping profilaktikasi, antidoping talablariga rioya qilish, sportda taqiqlangan preparatlarni qo‘llash, shuningdek, “sof” sportni ta’minlash bilan bog‘liq boshqa mavzular bo‘yicha maslahat beradi.

Agentlikda ma’lum qilinishicha, call-markaz allaqachon murojaatlarni qabul qilmoqda. Mutaxassislar savollarning bir qismini ko‘rib chiqib, hal qilgan, qolganlari bo‘yicha esa zarur tushuntirish va tavsiyalar berilgan.

Konsultatsiya olish uchun telefon raqami: +998 95 199 55 01.

Avvalroq Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti O‘zbekistonning antidoping sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarini yuqori baholagan edi.

Source: podrobno.uz