Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 6-11 iyun kunlari respublika bo‘ylab asosan kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Iyul boshidagi salqin ob-havodan so‘ng, bu haftada O‘zbekiston hududida harorat asta-sekin odatdagi yozgi holatiga qaytmoqda. Havo harorati bosqichma-bosqich ko‘tariladi, ammo qiymatlar iyul oyiga xos chegaralarda qoladi.

Dushanba kuni kunduzi havo +34…+37 darajagacha isiydi, keyingi kunlarda esa kunduzgi harorat +37…+40 darajaga yetadi. Shimol, janub va cho‘l zonalarida kunduzgi harorat +39…+42 daraja atrofida bo‘ladi.

Sharqiy shamol 7-12 m/s, ba’zi joylarda 15 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda changli bo‘ron kuzatilishi mumkin.

Toshkentda 6-11 iyun kunlari asosan kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutiladi. Sharqiy shamol 3-8 m/s, ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Bugun va ertaga kunduzgi havo harorati +35…+38 daraja, keyinchalik asta-sekin +38…+40 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi harorat +22…+25 daraja atrofida bo‘ladi.

Source: uznews.uz