Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi 1-iyuldan boshlab dorixonalarda resept bo‘yicha beriladigan 2500 ga yaqin dori vositalarining chegara narxlari qayta ko‘rib chiqilgani va kuchga kirgani haqida xabar berdi.

Natijada alohida toifadagi dori vositalari narxlari sezilarli darajada pasaygan. Jumladan, antibiotiklar va mikroblarga qarshi preparatlar 50 foizgacha, yurak-qon tomir tizimi uchun dorilar 37 foizgacha, asab tizimi uchun dorilar 40 foizgacha, yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi vositalar 42 foizgacha arzonlashgan.

Agentlik fuqarolarni resept bo‘yicha dorilarning chegara narxlarini mustaqil tekshirish, ularni haqiqiy narxlar bilan solishtirish va aniqlangan holatlar bo‘yicha pharm.gov.uz sayti yoki PharmUz mobil ilovasi orqali murojaat qilishga chaqirdi.

Source: kun.uz