Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingining indikatorlaridan biri professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi shakllantirildi. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi xabar qildi.

Natijalarga ko‘ra, davlat oliygohlarida bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 19,1 nafar talaba to‘g‘ri kelsa, xorijiy oliygohlar filiallarida bu ko‘rsatkich 32,9 nafarni, nodavlat oliygohlarda esa 55,3 nafarni tashkil etadi.

Oliygohlar toifalari kesimida eng yaxshi nisbat ijod (sport) fanlari oliygohlarida qayd etilgan bo‘lib, ularda bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 8,4 nafar talaba to‘g‘ri keladi. Tibbiyot fanlari oliygohlarida ushbu ko‘rsatkich 13,6 nafarni amaliy fanlar oliygohlarida 26,8 nafarni, ijtimoiy-gumanitar fanlari oliygohlarida esa 44,3 nafarni tashkil etadi.

O‘qituvchilarga eng yuqori yuklama nodavlat sektorida kuzatiladi, unda bir nafar professor-o‘qituvchiga 55,3 nafar talaba to‘g‘ri keladi, bu davlat oliy ta’lim tashkilotlari ko‘rsatkichidan deyarli uch barobar yuqori (19,1). Shu bilan birga, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari mamlakat talabalarining 38,3 foizni jamlab, professor-o‘qituvchilar tarkibi umumiy sonining atigi 17,3 foizga ega.

Quyidagi oliygohlarda professor-o‘qituvchi va talabalar nisbati keskin yuqori ko‘rsatkichni, ba’zi hollarda 200 nafardan ham ortiqni tashkil etgan.

Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi oliy ta’lim tashkilot mamlakatdagi jami talabalar kontingentining 70,6 foizi yoki 1,1 million nafardan ortig‘i tahsil oladi. Mazkur toifa professor-o‘qituvchilar yuklamasi eng yuqori bo‘lgan OTMlar guruhini tashkil etadi. Ushbu tashkilotlarda bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 44,3 nafar talaba to‘g‘ri keladi, bu esa respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 14 nafarga yuqoridir.

Amaliy yo‘nalishdagi oliy ta’lim tashkilot mazkur ko‘rsatkich bir nafar professor-o‘qituvchiga 26,8 nafar talabani tashkil etadi. Ijtimoiy-gumanitar OTMlarga nisbatan ko‘rsatkich pastroq bo‘lsa-da, ushbu ko‘rsatkich amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan kadrlar tayyorlash uchun belgilangan normativ talablardan sezilarli darajada yuqori bo‘lib qolmoqda.

Tibbiyot oliy ta’lim tashkiloti bir nafar professor-o‘qituvchiga 13,6 nafar talaba, ijodiy va sport yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlarida esa 8,4 nafar talaba to‘g‘ri keladi. Mazkur ko‘rsatkichning pastligi klinik, amaliy va individual mashg‘ulotlarni kichik guruhlarda tashkil etish zarurati bilan izohlanadi.

Alohida toifani oliy ta’lim tizimining yetakchilari — jahon universitetlari reytinglarining top-1000 ro‘yxatiga kirgan oliy ta’lim tashkilotlaridan tashkil etadi. Ushbu OTMlarda bir nafar professor-o‘qituvchiga 16,4 nafar talaba to‘g‘ri keladi, bu esa respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan deyarli ikki baravar pastdir.

Source: www.gazeta.uz