O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘janing ma’lumotiga ko‘ra, 8-13 iyul kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu esa sel toshqinlari va suv to‘planishiga olib kelishi mumkin.
Xususan, Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari xavf ostida.
Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari, Farg‘ona viloyatida So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari, Andijon viloyatida esa Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri xavf ostida.
Aholi, sayyohlar va haydovchilarga ushbu hududlarga sayohat qilishda ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.
Source: podrobno.uz