Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentning Chilonzor tumanida Lacetti rusumli avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avariya 18-iyun kuni soat 18:30 atrofida Bunyodkor shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. Xabar qilinishicha, haydovchi quvib o‘tish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan va boshqaruvni yo‘qotgan.

Natijada transport vositasi ajratuvchi beton to‘siqqa chiqib ketgan va keyin ko‘cha yoritish ustuniga urilgan.

Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Haydovchilarga yana bir bor yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi eslatilib, bunday qoidabuzarliklar og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

Source: kun.uz