Toshkentning Shayxontohur va Olmazor tumanlarida ba'zi iste'molchilarda elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bunga “Vistavochnaya” podstansiyasidagi avariya sabab bo‘lgan.
Hozirda avariya brigadalari nosozlikni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ish olib bormoqda. Shu bilan birga, iste'molchilarni zaxira elektr ta'minoti manbalariga o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.
Energetiklar yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda xuddi shu “Vistavochnaya” podstansiyasidagi yong‘in sababli 7 mingdan ortiq obyekt elektrsiz qolgan edi. O‘shanda uzilishlar 6200 xonadon, 807 yuridik iste'molchi va 18 ta ijtimoiy soha obyektiga ta'sir ko‘rsatgan.
Source: podrobno.uz