ANORBANK uchta muhim xalqaro ISO sertifikatini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi: ISO 9001:2015 (sifat menejmenti tizimi), ISO/IEC 27001:2022 (axborot xavfsizligi menejmenti tizimi) va ISO 37001:2025 (korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi).
Zamonaviy moliyaviy dunyoda tezlikning o‘zi yetarli emas. Mijozlar nafaqat o‘z mablag‘larini, balki ma’lumotlari, qarorlari va uzoq muddatli rejalarini ishonib topshirish mumkin bo‘lgan banklarni tanlaydi.
Olingan sertifikatlar bank jarayonlarining boshqaruv sifati, axborotni himoya qilish va biznes amaliyotlarining shaffofligi bo‘yicha xalqaro talablarga mos kelishini tasdiqlaydi.
Har bir sertifikat ortida oylar davom etgan tizimli ish, jamoaning faol ishtiroki va yangi avlod bankini qurishga intilish turadi: texnologik, ishonchli va mijozga yo‘naltirilgan.
Bu yutuq yakuniy nuqta emas, balki mas’uliyatning yangi darajasidir. ANORBANK xizmat ko‘rsatish standartlarini rivojlantirish, xavfsizlikni kuchaytirish va eng yaxshi jahon amaliyotlarini joriy etishda davom etadi.
Ishonch olinmaydi, u tizimli ravishda, har kuni quriladi.
Source: uznews.uz