️ O‘zbekistonda Qoraqalpog‘iston hududida tashkil etilgan Besqala Mining Valley maxsus ma`ning zonasida rezidentlarni ro‘yxatga olish va faoliyat yuritish qoidalari tasdiqlandi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) tomonidan qabul qilingan nizom 2026-yil 8-iyulda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
️ Yangi qoidalar rezident maqomini olish tartibi, ma`ning shartlari, zona ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar va elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini belgilaydi. Ma`ning zonasi butun Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududini qamrab oladi.
️ Rezident maqomini faqat Qoraqalpog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar olishi mumkin. Arizani topshirishda davlat boji va boshqa yig‘imlar undirilmaydi. Ro‘yxatga olish yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror hujjatlar topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida qabul qilinadi.
️ Zona rezidentlariga Yagona elektr energetika tizimidan elektr energiyasidan foydalanishga ruxsat berilgan. Biroq, ma`ning uchun elektr energiyasi narxi ikki baravar tarif bo‘yicha hisoblanadi. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, vodorod elektr stansiyasi va hududdagi foydasiz, past debitli konlardan olinadigan elektr energiyasidan foydalanishga ham ruxsat berilgan.
Source: kun.uz