Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, hafta oxirida O‘zbekistonda havo issiq va asosan quruq bo‘lishi kutilmoqda.

Ko‘pchilik hududlarda havo ochiq bo‘ladi. Qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir faqat ayrim tog‘li hududlarda va 12 iyul kuni Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida yog‘ishi mumkin.

Kunduzi havo +37…+40 darajagacha, shimol, janub va cho‘l zonalarida esa +41…+43 darajagacha isiydi. Kechasi va erta tongda havo harorati +22…+27 daraja atrofida bo‘ladi.

Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 iyul kunlari ayrim joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda changli bo‘ron kuzatilishi mumkin.

Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va toshqin xavfi bor.

Toshkentda havo asosan ochiq bo‘ladi. Kunduzi harorat +38…+40, kechasi esa +23…+25 daraja atrofida bo‘ladi.

Source: uznews.uz