Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha issiq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida havo asosan kam bulutli bo‘ladi.

Momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi faqat ayrim tog‘li hududlarda va 12-iyul kuni Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo +37…+40 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +41…+43 darajagacha isiydi.

Kechasi va erta tongda havo harorati +22…+27 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 11−12-iyulda ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona vodiysida tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Toshkent shahrida asosan kam bulutli bo‘ladi. Harorat kunduz kunlari +38…+40 daraja, kechalari +23…+25 daraja bo‘ladi.

Source: www.gazeta.uz