O‘zbekiston hukumati 2030 yilga borib kamida beshta mahalliy universitetni dunyoning eng nufuzli 500 ta oliy o‘quv yurti ro‘yxatiga kiritishni maqsad qilgan. Bu haqda Podrobno.uz xabar berdi.
Yana o‘nta universitetni xalqaro fan yo‘nalishlari reytinglariga olib chiqish rejalashtirilgan. Buning uchun 100 ta oliy ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishi kerak, shuningdek, kamida 150 ta texnikumda xalqaro ta’lim dasturlari joriy etiladi.
Universitet bitiruvchilari va o‘qituvchilarining kamida 30 foizi xorijiy tillar, kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi rejalashtirilgan. 2,5 ming texnikum o‘qituvchisi va 20 ming universitet o‘qituvchisi chet elda malaka oshirishga yuboriladi.
Avvalroq hukumat O‘zbekiston universitetlarining xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash niyatini bildirgan edi. Xususan, jahonning eng yaxshi 1000 taligiga kiruvchi mahalliy universitetlar sonini o‘ntaga yetkazish ko‘zda tutilgan edi. Endilikda yanada ulkan maqsad belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekistonda Britaniya universitetlari negizida Integratsiyalashgan ta’lim dasturlari Oliy maktabi tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.
Source: podrobno.uz