Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan bog‘liqligi sababli mamlakat hududida olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish qilish taqiqlangan materiallar ro‘yxatiga 1894 ta manba kiritildi.

Ro‘yxatda Facebook’ning 276 sahifasi, Telegram’ning 886 kanal va guruhi, Instagram’ning 405 profili, YouTube’ning 202 kanali, “Odnoklassniki”ning 44 sahifasi, TikTok’ning 68 akkaunti, Threads’ning 1 profili, shuningdek, 33 ta veb-sayt va boshqa manbalar mavjud.

Joriy yilning aprel oyidan boshlab ushbu ro‘yxat deyarli 70 ta yangi manba bilan to‘ldirildi, ularning yarmi Telegram’da aniqlangan.

Source: uznews.uz