O‘zbekistonda maktablardagi “Kelajak soati” mashg‘ulotlari mazmuni qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Kengashi qaror qabul qildi.
Yangilanishlarning asosiy maqsadi – darslarni o‘quvchilar uchun yanada amaliy va foydali qilish. Yangilangan dastur o‘quvchilarda huquqiy, moliyaviy, ekologik va raqamli savodxonlikni rivojlantirish, shuningdek, ma’naviy-axloqiy tarbiyani mustahkamlashga yordam beradi.
Tegishli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, ishchi guruh tuzildi. Unga profil davlat organlari va tashkilotlari vakillari kiritildi.
Dastur bir qancha asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha yangilanadi: kasb-hunarga yo‘naltirish, huquqiy, moliyaviy va raqamli savodxonlikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ekologik madaniyat va fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirish, shuningdek, ma’naviy-axloqiy tarbiya.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan o‘quv yili O‘zbekistonda “Kelajak soati” darsi “Vatan, millat, xalq uchun!” shiori ostida boshlangan edi.
Source: podrobno.uz