Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekistonning 19 yoshgacha bo'lgan ayollar boks terma jamoasi Jakartada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida g'olib chiqdi. Sportchilarimiz o'nta vazn toifasidan faqat sakkiztasida ishtirok etgan bo'lsalar ham, bu ularga eng yaxshi jamoa bo'lish uchun yetarli bo'ldi.

Indoneziya poytaxtida yakunlangan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi to'rtta oltin va ikkita kumush medalni qo'lga kiritdi. Osiyo chempioni unvoniga Sabrina Chakomanova (54 kg gacha), Sevara Mamatova (60 kg gacha), Rushanabonu Isoeva (65 kg gacha) va Samira Turg'unova (75 kg gacha) sazovor bo'ldi.

Kumush medallarni esa Nazokat Mardonova (51 kg gacha) va Maftuna Yangieva (70 kg gacha) qo'lga kiritdi. Milliy Olimpiya qo'mitasida ta'kidlanishicha, faqat sakkiz toifada ishtirok etishiga qaramay, jamoa turnirning eng yaxshi jamoasi deb topildi.

Hozirda Osiyo chempionatida 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida final janglari davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekiston ayol sportchilari Tailandda bo'lib o'tgan sport kurashi bo'yicha Osiyo chempionatida beshta medalni qo'lga kiritgan edi.

Source: podrobno.uz