Yunusobod tumanida 10 million 976 ming dollarlik noqonuniy kriptoaktiv operatsiyalari fosh etildi. Jinoyat ishining asosiy gumondori Samarqand viloyatida tug‘ilgan, vaqtincha Toshkentda yashagan 22 yoshli yigit ekan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, kriptoaktivlar orqali pul mablag‘larining kelib chiqishi, ularning haqiqiy egalari va keyingi harakatini yashirishga qaratilgan operatsiyalar amalga oshirilgan.
Gumonlanuvchining yashash joyini ko‘zdan kechirish chog‘ida huquq-tartibot xodimlari 24 ta mobil telefon, 20 ta bank kartasi, noutbuk va Wi-Fi routerni olib qo‘ydi. Barcha topilgan qurilmalar va kartalar ish materiallariga ilova qilindi.
Jinoyat ishi 278-modda (“Kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish”) bo‘yicha qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq deyarli 3 milliard so‘mlik noqonuniy kriptooperatsiyalar bilan bog‘liq yana ikkita jinoyat ishi haqida xabar berilgan edi.
Source: podrobno.uz