Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi 456 nafar fuqaroning 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ini o‘zlashtirgan jinoiy guruhni aniqladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sxema tashkilotchisi 33 yoshli xorazmlik fuqaro bo‘lib, u my.gov.uz saytining soxta nusxasini yaratgan. Instagram’da davlat kompensatsiyalari va nafaqalar haqida reklama berib, Moliya vazirligi nomidan foydalangan.

Foydalanuvchilarga bank kartasiga 30 million so‘m o‘tkazilishi va’da qilingan. Soxta saytga o‘tib, anketani to‘ldirish va karta ma’lumotlarini kiritish talab etilgan.

Aslida, firibgarlar fuqarolarning hisoblariga kirib, pullarni o‘g‘irlagan. Tergovda 20-24 yoshli yoshlar ishtirok etgani, 26 nafar shaxs nomiga 293 ta drop-karta rasmiylashtirilgani aniqlandi. O‘g‘irlangan mablag‘lar kriptovalyutaga aylantirilgan.

Gumonlanuvchilarga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 278-6-moddasi (Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Source: www.gazeta.uz