Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Jizzax viloyatida byudjet mablag‘larini o‘g‘irlashning yangi sxemasi fosh etildi. Podrobno.uz’ning xabar berishicha, firibgarlar Soliq Mobile ilovasi orqali mavjud bo‘lmagan xaridlar uchun keshbek olishgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, sxemada oldindan til biriktirgan bir guruh shaxslar ishtirok etgan.

Tekshiruv davomida fuqarolar va mas’ul xodimlar 16,6 milliard so‘mlik tovarlar yetkazib berilganligi haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirganligi aniqlangan. Shundan so‘ng nazorat-kassa mashinalari orqali soxta operatsiyalar o‘tkazilib, 3,1 ming dona chek shakllantirilgan.

Ushbu ma’lumotlar asosida ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan fuqarolarga Soliq Mobile ilovasi orqali keshbek hisoblangan. Shu tarzda firibgarlar 1,9 milliard so‘m byudjet mablag‘ini noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata) va 228 (hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida keshbek o‘g‘irlashning boshqa sxemasi fosh etilgan bo‘lib, undan yetkazilgan zarar 38,3 milliard so‘mni tashkil etgan.

Source: podrobno.uz