Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yandex Go’ning “Birga” tarifi Toshkentda tobora ommalashib bormoqda. 2025-yilda ushbu tarif bo‘yicha amalga oshirilgan safarlar soni o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki barobarga oshgan.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, “Birga” tarifidagi sayohat narxi “Start” tarifiga nisbatan 30% gacha arzonroq bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchilar ushbu tarif orqali jami 52 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tejashga muvaffaq bo‘lishgan.

“Birga” tarifini faqat bitta yo‘lovchi va katta yukisiz buyurtma qilish mumkin. Mashinada bir vaqtning o‘zida ikkita yo‘lovchi ketadi, ularning har biri alohida buyurtma bergan bo‘ladi.

Tarifni tanlashda xizmat avtomatik ravishda o‘xshash marshrutga ega yo‘ldoshni topadi. Qidiruv buyurtma berilgandan so‘ng darhol boshlanadi va sayohat davomida ham davom etishi mumkin. Agar mos yo‘ldosh topilsa, haydovchi uning oldiga boradi. Agar yo‘ldosh topilmasa, sayohat narxi o‘zgarmaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Birga” tarifi avvalroq Toshkentdagi Yandex Go foydalanuvchilari uchun taqdim etilgan edi.

Source: uznews.uz