Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Samarqandda yo‘l-patrul xizmati xodimi boshqargan xizmat avtomobili 75 yoshli piyodani urib yubordi. Hodisa 21-iyul kuni soat 18:15 atrofida Shabbod ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, DPS xodimi o‘ziga biriktirilgan Tracker rusumli patrul avtomobilini boshqarayotganida, yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada piyoda olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan hodisa yuzasidan tergovgacha tekshiruv olib borilmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi barcha yo‘l harakati qatnashchilarini qoidalarga qat’iy rioya qilishga chaqirib, bunday fojialarning oldini olish mumkinligini ta’kidladi.

Source: podrobno.uz