Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda 24-iyuldan 26-iyulgacha quruq va jazirama havo saqlanib qoladi — harorat kundan-kunga oshib boradi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Yakshanba kuni ko‘pchilik hududlarda 36-39 daraja, shimoliy hududlarda, janubda va cho‘l zonasida esa termometr ustunlari 40-42 darajaga yetishi kutilmoqda.

Mamlakatning shimoliy va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bo‘lishi mumkin.

24-iyul kuni Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqini xavfi saqlanib qolmoqda.

Toshkentda kam bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi. 24-iyul kuni kunduzi harorat 34-36 daraja, 25-iyulda kechasi 21-23 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni kechasi 22-24 daraja, kunduzi havo 36-38 darajagacha isiydi. Shamol sharqdan, 3-8 metr/sekund.

Source: podrobno.uz