Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yakkasaroy tumanidagi Kichik halqa yo‘lining bir qismida 25 iyul soat 00:00 dan boshlab vaqtincha harakat cheklovi joriy etiladi. Bu haqda tuman hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.

40 kun davomida «Veolia Energy Tashkent» MChJ XK tomonidan diametri 530 mm va umumiy uzunligi 1 540 metr bo‘lgan magistral issiqlik quvurini almashtirish ishlari olib boriladi.

Belgilangan uchastkada avtotransport vositalarining harakati ikki qator bo‘ylab vaqtincha cheklanadi.

Haydovchilarga marshrutlarini oldindan rejalashtirish va iloji bo‘lsa, aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Source: www.uznews.uz