Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

24-iyul kuni erta tongda Chirchiq shahrida og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Lasetti rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga borib urilgan.

Hodisa taxminan soat 06:30 da Toshkent — Chirchiq — Chimgan avtomobil yo‘lining 27-kilometrida, shahar hududidan o‘tuvchi qismida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli haydovchi harakat vaqtida boshqaruvni uddalay olmagan, natijada mashina yo‘ldan chiqib, daraxt bilan to‘qnashgan.

Olgan jarohatlari tufayli haydovchi voqea joyida vafot etgan. Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilar shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va ularga zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

Hozirda Chirchiq IIB xodimlari tergov harakatlarini olib borib, hodisaning barcha holatlarini aniqlashmoqda.

Avvalroq Navoiy viloyatidagi “Muruntov” konida karyer samosvali xizmat avtomobilini ezib, ikki kishi halok bo‘lgandi.

Source: podrobno.uz