O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga kontrakt to‘lovini qisman qoplash uchun subsidiya berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu subsidiya davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan soha xodimlariga beriladi.
Subsidiya miqdori yillik kontrakt qiymatining 30 foizini tashkil etadi, biroq 15 BRV (6,18 million so‘m) dan oshmaydi.
Subsidiya O‘zbekiston hududidagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun taqdim etiladi.
Arizalarni subsidiya.imv.uz portali orqali topshirish mumkin.
Source: uznews.uz