O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘istonning Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Yerali Tugjanovning ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilindi.
Uchrashuvda tomonlar birodar davlatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining yuqori darajasini ta’kidladilar. Ikki rahbar o‘rtasidagi ishonchli muloqot va mustahkam siyosiy iroda tufayli O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari barcha asosiy yo‘nalishlarda jadal rivojlanayotgani qayd etildi.
Muloqot chog‘ida diplomatlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi va mintaqalararo aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Transport va logistika sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Qozog‘iston diplomatik missiyasining yangi rahbariga O‘zbekistondagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.
Source: podrobno.uz