Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

ANORBANK o'z kapital bazasini mustahkamlash, moliyaviy barqarorligini oshirish va kredit imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida subordinatsion moliyalashtirish jalb qildi.

O'zbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanishi sharoitida tadbirkorlar va aholining zamonaviy moliyaviy xizmatlarga bo'lgan talabi ortib bormoqda. Jalb qilingan mablag'lar bankka kichik va o'rta biznesni moliyalashtirish hajmini oshirish va mijozlarga taqdim etiladigan moliyaviy xizmatlar doirasini kengaytirish imkonini beradi.

Subordinatsion kredit ANORBANKning kapitalni mustahkamlash va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasining muhim tarkibiy qismidir. Ushbu mablag'lar bankning kapital yetarlilik ko'rsatkichlarini yaxshilash, barqaror o'sishini qo'llab-quvvatlash va iqtisodiyotning ustuvor yo'nalishlarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

SAMURAI ASSET FINANCE bilan shartnoma imzolanishi ANORBANKning xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy investorlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va uzoq muddatli xorijiy moliyaviy resurslarni jalb qilish strategiyasini amalga oshirishdagi navbatdagi qadamdir.

Ushbu bitim xalqaro investorlarning O'zbekiston bank sektoriga bo'lgan qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi va ularning ANORBANKning biznes modeli, moliyaviy salohiyati va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga bo'lgan ishonchini tasdiqlaydi.

SAMURAI ASSET FINANCE — SAMURAI Financial Holdings guruhiga kiruvchi yapon moliya tashkiloti bo'lib, turli moliyaviy va investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida moliya tashkilotlari va tadbirkorlik sub'ektlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi.

ANORBANK O'zbekistondagi birinchi mahalliy raqamli banklardan biri bo'lib, innovatsion, ishonchli va mijozlarga yo'naltirilgan moliyaviy yechimlarni taqdim etishga ixtisoslashgan.

Ushbu moliyalashtirish bankka mamlakat tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish, ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash va O'zbekistonning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga munosib hissa qo'shishni davom ettirish imkonini beradi.

Source: uznews.uz