Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentda Buneodkor ko‘chasining bir qismida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilayotgani sababli transport harakati vaqtincha cheklandi.

2026-yil 28-iyuldan soat 23:00 dan ta'mirlash ishlari tugaguniga qadar Buneodkor ko‘chasi dublerining bir tomonlama qismi – Kichik halqa yo‘lidan (Chilonzor metro bekati) Qatortol-2 ko‘chasigacha yopildi.

Shu munosabat bilan olti avtobus yo‘nalishining harakat sxemasi o‘zgartirildi:

41 va 116-avtobuslar Chilonzor bozor tomon Kichik halqa yo‘li, Qatortol, Zargarlik, Qatortol-2 ko‘chalari va keyin Buneodkor ko‘chasi bo‘ylab harakatlanadi.

77-avtobus Chilonzorning 25-kvartal tomon Kichik halqa yo‘li, Qatortol, Zargarlik, Qatortol-2 va Al-Xorazmiy ko‘chalari orqali o‘tadi.

118-avtobus “Uzposiltorg” bekatiga Buneodkor ko‘chasi, Kichik halqa yo‘li va Qatortol ko‘chasi orqali yo‘naltirildi.

74 va 171-avtobus yo‘nalishlari vaqtincha Olmazor metro bekatigacha qisqartirildi.

Source: podrobno.uz