Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent xalqaro aeroportida FlyOne Armenia aviakompaniyasining Yerevandan birinchi reysi tantanali ravishda kutib olindi.

Parvozlar charter asosida haftada ikki marta – chorshanba va yakshanba kunlari Airbus A320 tipidagi havo kemalarida amalga oshiriladi.

FlyOne Armenia ikki davlat o‘rtasida ushbu yo‘nalish bo‘yicha reyslarni yo‘lga qo‘ygan ikkinchi aviatashuvchiga aylandi. 2026-yil 2-iyunda Toshkent va Yerevan o‘rtasida parvozlarni Armanistonning Shirak Avia aviakompaniyasi boshlagan edi.

FlyOne Armenia – Armanistonning eng yirik byudjet (loukost) aviakompaniyasi bo‘lib, Yerevandagi Zvartnots xalqaro aeroportida joylashgan. U Moldova tashuvchisi FlyOne’ning sho‘ba kompaniyasi hisoblanadi va Yevropa, Rossiya, Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlaridagi o‘nlab yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam va charter reyslarni amalga oshiradi.

Source: uznews.uz