Kia Uzbekistan zamonaviy avtomobilga ega bo‘lishni yanada qulayroq qilishda davom etmoqda. Kompaniya Kia K3 uchun yangilangan moliyalash dasturini taqdim etdi. Yangi dastur xaridorga dastlabki to‘lov miqdori va moliyalash muddatini o‘z imkoniyatlariga qarab tanlash imkonini beradi.
Avtomobil qiymatining 50% dan ortig‘ini to‘laydigan mijozlar uchun yillik 0% stavkadagi dasturlar nazarda tutilgan. Kamroq dastlabki to‘lovni afzal ko‘rganlar uchun esa Kia Uzbekistan hamkor bank bilan birgalikda 60 oygacha bo‘lgan muddatga kredit dasturlarini taklif qiladi.
Avtoulov sug‘urtasini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi. Sug‘urta shartlari bank tomonidan belgilanadi.
Kia K3 — Kia brendining O‘zbekistondagi eng yorqin yangiliklaridan biri. Zamonaviy dizayn, puxta o‘ylangan ergonomika, yuqori darajadagi jihozlanish va ilg‘or texnologiyalar ushbu modelni har kuni uchun qulay avtomobil izlayotganlar uchun jozibador tanlovga aylantirdi. Endi bu afzalliklarga yana bittasi qo‘shildi — Kia K3 ni qulay shartlarda xarid qilish imkoniyati.
Batafsil maslahat olish, oylik to‘lovni hisoblash va dasturning barcha shartlari bilan tanishish O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab Kia rasmiy dilerlik markazlarida mumkin.
Telefon: +998 55-500-83-33, Sayt: kia.uz, Facebook: fb.com/KiaUzbekistan, Instagram: @kia__uzbekistan, Telegram: t.me/kiauzbekistanbot, YouTube: youtube.com/kiauzbekistan.
Reklama huquqida.
Source: uznews.uz