Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yangi jamoat maskani — “Amir Temur” gastronomik ko'chasi ochildi. Ushbu ko'cha tunu kun ishlaydi va shahar aholisi hamda mehmonlar uchun sevimli dam olish joyiga aylanishi kutilmoqda.

Yangi ko'cha sayr qilish uchun mo'ljallangan bo'lib, hududda keng piyodalar yo'laklari, bolalar o'yin maydonchasi, vorkaut zonasi, quruq favvoralar, dekorativ kanal, foto zonalar, ko'kalamzorlashtirish va zamonaviy me'moriy yoritish tizimi barpo etilgan.

Shu bilan birga, ochilish marosimida 43 ta savdo va xizmat ko'rsatish ob'ekti hamda 10 ta yangi biznes loyihasi o'z faoliyatini boshladi. Bu esa 330 dan ortiq yangi ish o'rinlarining yaratilishiga olib keldi.

Mahalliy hokimiyat vakillarining bildirishicha, gastronomik ko'cha Chirchiqning yangi diqqatga sazovor joylaridan biriga aylanadi. Bu yerda shahar aholisi va mehmonlar mahalliy taomlarni tatib ko'rishlari, dam olishlari va istalgan vaqtda hordiq chiqarishlari mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanidagi “Nodirabegim” mahallasida ham turistik ko'cha tashkil etilishi xabar qilingan edi. Ushbu loyihaning qiymati 38 milliard so'mni tashkil etadi.

Source: podrobno.uz