Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov poytaxtning o‘n tuman hokimini xizmat tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risida farmoyish imzoladi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.
Tekshiruv Bektemir, Mirzo-Ulug‘bek, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod va Yashnobod tumanlari hokimlarini qamrab oladi. Ushbu qaror Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining taqdimnomasi asosida qabul qilindi.
Agentlik tomonidan keltirilgan dalillarni o‘rganish uchun maxsus shahar komissiyasi tuzildi. Komissiya yakuniy xulosalar tayyorlashi kerak. Zarurat tug‘ilsa, tekshiruvga tegishli idoralar va tashkilotlarning mutaxassislari jalb etiladi.
Avvalroq Antikorrupsiya agentligi Toshkentdagi avtobus bekatlarini modernizatsiya qilish jarayonini o‘rgangan edi. May-iyun oylarida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan 120 ta obyektdan birortasi ham rasman qabul qilinmagan.
Source: podrobno.uz