Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyati Chinoz tumani hokimligi hokim Sherzod Salihovning mahallalarda obodonlashtirish darajasini o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan chiqishi videosini e’lon qildi. Rolik hokimlikning rasmiy kanaliga 27-iyul kuni joylashtirilgan bo‘lsa-da, tarmoq foydalanuvchilari unga 5-avgust kuni — turli tuman rahbarlarining aholi xonadonlariga tashrifi atrofidagi shov-shuvlar fonida e’tibor qaratdi.

Gazeta yozganidek, hokimlar, mahalla raislari va boshqa mas’ullar IIB xodimlari hamrohligida fuqarolarning uylariga kirib, hovlilar, yashash xonalari va oshxonalarni ko‘zdan kechirmoqda (ba’zilari hatto sovitkich va qozonlar ichigacha qarab chiqmoqda). Ular hovli va uy oldini tozalashni, tandirxona devorlarini oqlashni talab qilib, jarimalar bilan qo‘rqitmoqda. Bu harakatlar 1-sentabr kuni nishonlanadigan O‘zbekiston Mustaqillik kuniga tayyorgarlik ko‘rish bilan izohlanmoqda.

Gazeta hokimiyatning rasmiy roligida ko‘rsatilgan tuman hokimi nutqini bayon qiladi. Yig‘ilishimizning asosiy sababi — tayanch mahalla qilib “Birlik” mahallasi olindi. Mana hozir viloyat hokimining gaplaridan xulosa qilgan bo‘lsanglar, yo‘lning bo‘yidan ko‘zga ko‘rinadigan bitta mahallani tanlanglar, men hokimlik guruhiga ham topshiriq berdim deb aytdilar. Xuddi o‘sha topshiriqqa asosan biz “Birlik” mahallasini tanladik.

Bu “Birlik”ni “yettilik” (mahalla yettiligi — tahr.) hali tushunib yetmayapti. Men hozir kirgan edim, bu [mahalla] yettiligiga baho, oldiga bitta rayhon ham, bitta gul ham, bitta ko‘chat ham ekmagan. Mana, kirib kelyapmiz, o‘zinglar hammanglar ko‘zinglar bilan ko‘ryapsizlar, o‘tlar bel barobar bo‘lib ketgan. O‘rilmagan, o‘rilgan o‘tlar ham xashak bo‘lib bo‘lib yotibdi, olib chiqib ketilmagan.

Hokimlik videosidan kadr. Sharmandali mahalla deb aytsa bo‘ladimi, bo‘lmaydimi? Shior bor “Sharmandali mahalla” degan. Dilmurod, bugun kelasan, qani? Menga ber (qo‘liga “Sharmandali mahalla” deb yozilgan qog‘ozni oladi — tahr). Hozir ilasan, bor. “Sharmandali mahalla” qilib ko‘rinadigan joyga, xalq ko‘radigan joyga il. Sharmandali mahalla bu — “Birlik” mahallasi.

S’yomkaga ham oling bu narsani. Bugundan boshlab “Birlik” mahallasi — sharmandali mahalla, ilinglar. Hokimlik videosidan kadr. Ikkinchi shior bor — “Uyatli xonadon”. Buni men bekorga aytmayapman. Mana, biriktirilgan 40 ta vakil, korxona-tashkilot rahbari bekorchilikdan bormayapsizlar u yerga. Yo o‘ynagani bormayapsizlar.

Viloyat hokimimiz to‘g‘ri aytdilar: ertalab soat 6:00 da tursa, bo‘ldi, mahalla obod bo‘lib qoladi yoki obod ko‘cha bo‘lib qoladi degani emas bu. Kelishdikmi korxona, tashkilot rahbarlari? Buni chiqarib berasan, birinchi bo‘lib korxona-tashkilotlarga, idorasiga borasizlar, atrofni ko‘rasizlar.

Hurmatli rahbarimizning topshiriqlaridan kelib chiqib topshirig‘imiz — ikkinchi bo‘lib mahalla raisining uyiga borasizlar. Men so‘rayman birma-bir. Dilmurod, hammasini yo‘qlama qilasan, uyiga borib tashlaydi, menga papka qilib berasan. Mana, 40 ta mahallaga aytasan, 40 ta biriktirilgan korxona raisi, men keldim, mana mahalla raisining uyi [deb], darvozasini tashlaydi, darvozasi bo‘yalganmi, bo‘yalmaganmi, mahalla raisi uy-joyini oqlaganmi, oqlamaganmi — yuboradi.

O‘zi ko‘chasida gul bormi, yo‘qmi? Gul emas, rayhon. Atirgul bormi? Hovlisi, tomorqasi qanaqa? Shu to‘rtta narsani senga to‘rtta rasm qilib tashlaydi hammasi. Mahalla raisining uyiga kirib. Tushundingmi? Bir kun muddat beramiz, yig‘ib olasan, menga tashlaysan. Men ertalab gaplashaman. Ertaga kechgacha qilmasa, o‘sha xonadonni uyatli xonadon qilib, men o‘zim “na prinsip” borib ostiraman.

Hokimlik videosidan kadr. Yoki sharmandali xonadon, sharmandali mahalla. Sharmandali mahallaga ham boradi, mahallasini ko‘radi, atrofini ko‘radi. Mayli, bir kun yoki yarim kun muddat bo‘ladi. Muddat ham “uje” kerak emas. Sharmandali mahalla qilib osadi, yonida rasmga tushib tashlaydi.

Kelishdikmi, korxona-tashkilot rahbarlari? O‘ynagani bormayapsizlar u yerga. Ertalab “mahalla yettiligi” a’zolari vaqtli turadi, soat 6 dan boshlab mahalla hududida o‘zlariga biriktirilgan ko‘chalarda xonadonbay ishlarni tashkil qiladi. Mahallalarda hashar tashkil etib, ko‘chalarni obodonlashtirish, devorlarni oqlash, daraxt, gul va rayhonlarni ektirish, shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofi, ko‘chalar, ariqlar va xiyobonlarni chiqindilardan tozalatish choralari ko‘riladi.

Uchinchidan, tomorqaga to‘liq yuqori daromadli, takroriy ekinlar ekilishini ta’minlaydi. Bunda mahalla raisi tomorqalarga qancha mevali ko‘chat ekilganini hisob-kitob qilib, mahalla bankiriga taqdim etadi… Ma’lumot uchun, Sherzod Salihov (1982-yilda tug‘ilgan) 2024-yil fevral oyida Chinoz tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan. U Toshkent davlat pedagogika instituti hamda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Turli yillarda fermer xo‘jaligi, agrofirma rahbari, shuningdek, Toshkent tumani hokimining o‘rinbosari — avval qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha, keyinchalik moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha — lavozimlarida ishlagan.

Source: www.gazeta.uz