Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Taniqli o'zbek aktrisasi Ra'no Zokirova 1969-yil 7-avgustda Toshkent shahrida tug'ilgan. U 1984-yilda, atigi 15 yoshida, "O'zbekfilm" kinostudiyasida o'z faoliyatini boshlagan. 1988-yilda Xoreografiya bilim yurtini tamomlab, professional raqs va aktyorlik san'atini egallagan.

1988−1995-yillarda Ra'no Zokirova "Shodlik" ansamblida faoliyat yuritgan, so'ngra 1995-yildan boshlab Abror Hidoyatov nomidagi teatrda ishlagan. 1999-yilda esa Toshkent davlat madaniyat institutining rejissyorlik bo'limini tamomlab, o'z bilimini yanada oshirgan.

Aktrisaning kino olamidagi ilk qadamlari 1984−1994-yillarga to'g'ri keladi. Shu davrda u "Vodillik kelin", "Armon", "Sherali va Oybarchin" hamda "Masxaraboz" kabi filmlarda suratga tushgan. Bu filmlar unga katta shuhrat keltirgan.

1997-yilda "Piyoda" filmida, 1998−2002-yillarda esa "Shaytanat", "Ayol zoti" va "Ostona" seriallarida rollar ijro etgan. 2003−2005-yillarda uning ishtirokidagi "Yodgor", "Sabr", "Fotima va Zuhra" filmlari premyerasi bo'lib o'tgan.

Shuningdek, Ra'no Zokirova "Bir kam dunyo", "Qaytar dunyo" seriallarida, "Alpomish", "Novda", "Bekatdagi odam" va "Ilhaq" kabi filmlarda ham o'zining mahoratini namoyish etgan. Uning ijodi o'zbek kinosi va teatr san'atida alohida o'rin tutadi.

Tug'ilgan kun munosabati bilan Gazeta Ra'no Zokirovaning filmlari asosida maxsus test tayyorladi. Muxlislar ushbu test orqali aktrisa ijodi haqidagi bilimlarini sinab ko'rishlari mumkin.

Source: www.gazeta.uz